Jamiyat | 22:46 / 20.10.2015
3156
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung ishchilarning o‘rnini bosadigan robotlar ishlab chiqaruvchi fabrika ochmoqda

Samsung kompaniyasi Janubiy Koreya hukumatidan robotlar ishlab chiqaruvchi fabrika qurish uchun investitsiya oldi. Bu robotlar kompaniyada ishlovchi Xitoyning arzon ishchi kuchining o‘rnini egallashi lozim, deb xabar bermoqda Wired nashri.

2018 yilga qadar Samsung robotlarni ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan harakatlarni aniq tarzda sekinlashtiruvchilar, motorlar, kontrollyorlar va sensor ma'lumotlar interpretatorlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Kompaniyaning maqsadi elektronika, misol uchun, odam harakatlari aniqligi va muvofiqligini talab qiladigan smartfonlarni ishlab chiqarishni robotlashtirishdan iborat. Ayni paytda ishlab chiqarishning 10 foizi robotlashtirishgan, 2025 yilga qadar bu ko‘rsatkichni 25 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Samsung’ning raqobatchisi Foxconn bu sohadagi ishlanmalar bilan 2012 yildan beri shug‘ullanib keladi hamda iPhone va Apple’ning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlaydigan ishchilarni yig‘uv robotlari bilan almashtirishni rejalashtirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish