10:46 / 20.10.2015
15621

Sotuvga qo‘yilgan g‘aroyib narsalar

“Bozorga o‘xshaydi asli bu dunyo” deganida shoir haq bo‘lgan ekan. Odamlar nimalarni sotishmaydi deysizBuyumlarni sotishga mo‘ljallangan oddiy sayt hech kimning xayoliga kelmagan narsalar kimoshdi savdosiga qo‘yiladigan bozorga aylanib ketdi. 2000 yilda kimdir Islandiyani, 2005 yilda ikkinchi ismga huquqni, 2010 yilda esa arvohni sotmoqchi bo‘lgan. Demak, tanishamiz —“eBay”da sotuvga qo‘yilgan antiqa narsalar ro‘yxati.

1. “Gollivud” yozuvi. 2005 yilning noyabrida dastlabki harflari 450 400 dollarga sotilgan. 

2. Kardinal Yozef Rattsingerning “Volkswagen”i. 2005 yilning mayida 277 171,12 dollarga sotilgan.

3. Aviatashuvchi. 2004 yilda Braziliyaning “Minas Gerais” aviatashuvchisi kimoshdi savdosiga qo‘yilgan, lekin bir oz vaqtdan so‘ng sayt ma'muriyati tomonidan olib tashlangan.

4. Yangi tur. 2004 yilda kimoshdiga qo‘yilgan dengiz tipratikani yangi turdagi jonzotligi ma'lum bo‘lgan va “Coelopleurus Exquisitus” deb nom olgan.

5. Elvis Preslidan qolgan suv. Aytishlaricha, 1977 yilda rok-n-roll qiroli Shimoliy Karolinadagi konsertidan so‘ng plastik stakanda suv ichgan. Undan qolgan bir necha tomchi suv 455 dollarga sotilgan.

6. Britni Spirsning sochlari. Britni 2007 yilda boshini qirdirganidan keyin uning sochlari bir million dollarga “eBay”ga qo‘yilgan.

7. Nemischa. Ha, gap til haqida bormoqda. Germaniyada ingliz tilining ta'siri kuchayayotganiga e'tibor qaratish maqsadida nemis tili assotsiatsiyasi nemis tilini kimoshid savdosiga qo‘ygan.

8. Yangi Zelandiya. Avstraliya fuqarosi Yangi Zelandiyani boshlang‘ich narxi 0,01 avstraliya dollari evaziga sotishga uringanNarx uch ming dollarga yetganida kimoshdi savdosi to‘xtatilgan.

9. Makkajo‘xori qalamchalariAniqrog‘i, bir dona qalamcha Koventri universiteti talabasi tomonidan deyarli ikki dollarga sotilgan.

10. Yayrash. To‘rt nafar avstraliyalik «pivo, gazak va zo‘r suhbat»ni va'da qilishib, o‘zlarini dam olish kuni uchun 1300 avstraliya dollariga sotishgan.

11. Golf sharlar. Bu sharlar oddiy shar emas — piton yutib yuborgan va jarrohlik yo‘li bilan chiqarilgan sharlar. 1400 avstraliya dollariga sotilgan.

12. Islandiya. Savdoga qo‘yilgan yana bir davlat — bu safar 2008 yilgi moliyaviy inqiroz sababli.

13. Xiyonatchining sport mashinasiBritaniyalik radioboshlovchi Tim Shoning xotini eri efirda begona ayollarga xushomad qilayotganini eshitib qolgach, uning “Lotus Esprit”ini 50 pensga sotib yuborgan.

14. “Makdonnel-Duglas” F/A-18 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti. Mayk Landa temir-tersaklar uyumi orasidan topib olgan jangovar samolyotni sotuvga qo‘ygan. Ammo FQBdagilar unga samolyot faqat AQSh fuqarosiga sotilishi mumkinligini va u mamlakat havo hududini tark etmasligi lozimligini uqtirishgan.

15. Yeyilmay qolgan bryussel karami. Buyuk britaniyalik Li Nayt Rojdestvo oqshomida yeyilmay qolib ketgan bryussel karamini 2000 dollarga sotgan.

16. Ikkinchi ism. 2005 yilda tadbirkor Mett Rouz unga ikkinchi ism qo‘yish huquqini sotmoqchi bo‘lgan. Kimdir bu huquqni 8 ming dollarga sotib olishga rozi bo‘lgan, biroq Yuta shtati ma'muriyati uning ismini o‘zgartirishga rozilik bermagan.

17. Arvoh. 2010 yilda Maykl Fosett arvohni sotishga uringan, lekin olti kundan so‘ng uning e'loni “eBay”dan olib tashlangan.

18. GIF.Rassom Maykl Grin Jyeff Kunsning  “Sharchalardan yasalgan it” (Kunsning eng qimmat ishi,kimoshdi savdosida 58 million dollarga sotilgan) asaridan ilhomlanib yaratgan gif suratini sotuvga qo‘ygan. Gif atigi 200 dollarga sotilgan.

19. Futbol jamoasiIndiana Firebirds” jamoasi deyarli 4 million dollarga sotilgan.

20. Bu rezina o‘rdakchani sotuvga qo‘ygan shaxsning aytishicha, uning o‘g‘li o‘rdakchani qo‘lidan qo‘ymay olib yurgan. U yuz dollarga sotilgan.

21. Eritilgan pishloqli bu sendvichda Bibi Maryamning tasviri bo‘lgan. Sendvich 28 ming dollarga sotilgan.

22. Peshonadagi reklama. Shunchaki reklama emas, abadiy reklama. Yutalik Kari Smit o‘z peshonasini “GoldenPalace.com” sayti reklamasini joylashtirish uchun sotgan. 

23. Hayot mazmuni. 2000 yili Shimoliy Karolinalik bir shaxs hayot mazmunini sotgan. E'londa shunday deyilgandi: “Men hayot mazmunini angladim va bu ma'lumot bilan o‘rtoqlashishdan baxtiyor bo‘laman”. Uning sotuvga qo‘ygan “buyumi”ni 3,26 dollarga sotib olishgan.

24. JigarAgar “eBay” bu e'lonni olib tashlamaganida floridalik shaxs o‘z jigarini 5,7 million dollarga sotib yuborishi mumkin edi.

25. Hayot. Ian Asherning xotini ketib qolgach, u o‘z hayotini sotuvga qo‘ygan. Uning hayoti 300 ming dollarga sotilgan va u sayohatga otlangan hamda “Sotilgan hayot” degan kitob yozgan. “Disney bu kitob asosida film suratga olish niyatida. 

Top