22:36 / 20.10.2015
4579

Toshkentlik yigit “sevgan” qizining telefonini o‘g‘irlab ketdi

Toshkentlik yigit o‘zi bir muddat gaplashib yurgan qizni uchrashuvga taklif qilib, so‘ng uning qimmatbaho telefonini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda IIV axborot xizmati ma'lumot berdi.

Aytilishicha, asli nukuslik 38 yoshli Viktoriya ismli ayol Toshkentda yashay boshlaganidan so‘ng Elyor ismli yigit bilan tanishib qolgan. Ular anchagacha gaplashib yurishgan, so‘ng yigit uni uchrashuvga taklif qilgan. Ayol rozi bo‘lgan.

Ular restoranda o‘tirganlarida Elyor do‘stini kutib turganini aytib, undan xabar olish maqsadida qizning telefonini olgan. So‘ng “gaplashib kelaman”, deb ko‘chaga chiqqanda, shu bilan qaytib kirmagan.

Aldab ketilganini tushungan Viktoriya ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. O‘g‘ri tez orada qo‘lga olingan.

Top