Jahon | 13:58 / 20.10.2015
3412
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina harbiylari tanklarni olib chiqishning ikkinchi bosqichini boshladilar

Ukraina harbiylari Donbassdagi to‘qnashuv chizig‘idan 100 mm dan kichik kalibrdagi artilleriya va tanklarni olib ketishning ikkinchi bosqichini boshladilar. Bu haqda Aksilterror operatsiyasi matbuot xizmatining Facebook’dagi sahifasida aytildi.

“Bugun, 2015 yilning 20 oktabr kuni tanklar, shuningdek, 100 mm dan kichik kalibrdagi artilleriyani, 120 mm kalibrdagi minomyotlarni Donbassdagi to‘qnashuv chizig‘idan olib ketishning ikkinchi bosqichi boshlandi”, - deyiladi xabarnomada.
Aytilishicha, qurollar to‘qnashuv chizig‘idan 15 km uzoqlikka eltiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish