23:23 / 20.10.2015
3111

Ukrainaliklar ikkinchi yil ketma-ket Yevropa Ittifoqida vaqtinchalik yashash huquqini olish miqdori bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

2014 yilda Ukrainaning 300 mingdan ko‘proq fuqarosi Yevropa Ittifoqi davlatlarida vaqtinchalik yashash huquqini olgan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Yevropa statistika agentligi (Yevrostat) ma'lumotlariga ko‘ra, YeI davlatlari o‘tgan yili 302,8 ming ukrainalikka vaqtinchalik yashash huquqini berdi.

Shu tariqa, Ukraina ikkinchi yil ketma-ket fuqarolari YeIda vaqtinchalik yashash huquqini olish miqdori bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

Fuqarolari YeIda yashash huquqini olish miqdori bo‘yicha keyingi o‘rinlarda AQSh, Xitoy va Hindiston turibdi.

Qayd etilishicha, ukrainaliklarga vaqtinchalik yashash huquqini eng ko‘p Buyuk Britaniya, Polsha, Germaniya va Fransiya bergan.

Top