Jamiyat | 17:49 / 20.10.2015
3639
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik 3 o‘quvchi o‘qituvchini o‘ldirdi va tunadi

Xitoy janubida 3 nafar o‘smir o‘g‘irlik vaqtida qotillik jinoyatini ham amalga oshirishdi. The South China Morning Post nashrida yozilishicha, ular muallimani o‘ldirishgan.

Bu voqea 18 oktabr kuni Xunan viloyatida ro‘y bergan. 11-13 yoshlardagi bu o‘quvchilar maktab atrofida aylanib yurishganida mashinasida bir o‘zi o‘tirgan ayolni ko‘rib qolishgan va unga hujum qilish fikriga kelishgan.

Ular avvaliga ayolni yog‘och kaltak bilan savalashgan, keyin uning og‘zini bog‘lab, hojatxonaga qamab ketishgan. Shu joyda 52 yoshli ayolning joni uzilgan.

O‘smirlar esa, o‘z qurbonining yonidan telefon hamda 2 ming yuan pulni olib ketishgan.

Qayd etilishicha, bu bezori bolalarning ota-onalari Xitoyning ulkan shaharlaridagi sanoat korxonalarida ishlashadi. Ular ishga ketgan vaqtda bolalar deyarli qarovsiz qolishadi hamda jinoyat yo‘llariga kirib qolishadi.

Ayni vaqtda Xitoyda o‘smirlar o‘rtasidagi jinoyatchilik ko‘lami keskin ortgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish