Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Samsung Galaxy S7 2016 yil yanvarida namoyish qilinadi
Janubiy koreyalik insayderlar ma'lumotlariga ko‘ra, Samsung kompaniyasining yangi Samsung Galaxy S7 smartfonini 2016 yilning yanvar oyida ko‘rish mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda GSM Arena nashri.
Kompaniyaning Galaxy S6 va S6 Edge smartfonlari joriy yilning 1 martida namoyish qilingan edi. Galaxy S7 bu muddatdan avvalroq chiqadi va kompaniyaning raqobatchilariga o‘ziga xos javobi bo‘ladi. Yangi smartfonning dizayni sentabrda yakunlangan.
Ma'lumotlarga qaraganda, yangi smartfon ikkita modelda taqdim qilinadi: premial va sub-premial. Premial model bir kristallda joylashtirilgan Exynos protsessori va modem bilan jihozlanadi, sub-premial modelda esa ular alohida-alohida joylashtiriladi. Smartfon interfeysida 3D Touch kabi funksiyalar qo‘llanishi, shuningdek, USB Type-C porti paydo bo‘lishi mumkin.
Avvalroq smartfonning bir necha modeli bo‘lib, ulardan biri Qualcomm Snapdragon 820 protsessorida ishlashi ma'lum qilingandi.