Jamiyat | 11:50 / 21.10.2015
6894
1 daqiqa o‘qiladi

20 oktabr kuni Asad Moskvada Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi

Suriya prezidenti Bashar Asad 20 oktabr kuni Moskvaga tashrif buyurib, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lumot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, uchrashuvda Rossiya oliy rahbariyatining vakillari kengaytirilgan tarkibda muzokaralarda ishtirok etgan.
“Muzokaralar uzoq davom etdi, ularning mazmuni tushunarli”, - dedi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, 30 sentabrdan buyon Rossiya havo kosmik kuchlari Suriyada harbiy operatsiya o‘tkazib kelmoqda. Uning doirasida Rossiya aviaguruhi aniqlangan obektlarga aviazarbalar bermoqda, shuningdek, Suriya hukumat qo‘shinlarining yer usti tadbirlarini havodan qo‘llab-quvvatlamoqda. Yordam so‘rab Rossiyaga Suriyaning prezidenti Bashar Asad murojaat qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish