Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yilda Sautboy konida tog‘-boyitish kombinati qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston va Janubiy Koreya 2016 yilning ikkinchi yarmida Sautboy koni bazasida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyodroqni tashkil etuvchi qazilmalarni qazib olish va qayta ishlar majmuasi qurilishiga kirishadi.
Sputnik agentligining xabar qilishicha, kon ishlanmasi va kompleks qurilishi ishlari bilan O‘zbekiston Davlat geologiya qo‘mitasi (49 %) va Janubiy Koreyaning Shindon Resources (51%) tomonidan tuzilgan Uz-Kor Tungsten qo‘shma korxonasi shug‘ullanadi.
“Majmuada to‘liq eksport qilinadigan yuqori likvidli volfram mahsuloti ishlab chiqariladi. 2015 yil oxiriga qadar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari tugallanadi”, - dedi Shindon Resources direktori An Je Yeng.
2016 yilning birinchi yarmida qo‘shma korxona qazib olish zarur litsenziyaga ega bo‘lish va obekt qurilishi uchun tijoriy banklardan kredit mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsa, 2016 yil ikkinchi yarmidan tog‘-boyitish kombinati qurilishi boshlanadi.
An Je Yeng so‘zlariga ko‘ra, zarur infratuzilmalar qanchaga tushishi haqida ma'lumotlar aniq. Qurilayotgan obektlarni elektr energiyasi bilan ta'minlash 10 mln dollarga tushsa, tuzsizlantirish va suv ta'minoti tizimi uchun 15 mln dollar sarflanadi. Shuningdek, taxminan 2,5 mln dollar evaziga gaz quvurlari yotqiziladi.
Sautboy uchastkasining sanoat zaxirasi 4 mln tonna rudani tashkil etib, ularning 17 ming tonnasi volframdan iborat. Sautboydan so‘ng zaxirasi 4,1mln tonna bo‘lgan Burgut, undan keyin esa Saginkondagi ishlar boshlanadi.