Sport | 14:23 / 21.10.2015
6023
2 daqiqa o‘qiladi

Anchelotti o‘zi shug‘ullantirgan eng yaxshi futbolchilar qatoriga Ronalduni qo‘shmadi

Get French Football nashri «Milan», «Chelsi», «PSJ» va «Real» jamoalarida ishlagan italiyalik futbol mutaxassisi bilan suhbat uyushtirdi.

Anchelotti "PSJ" jamoasida fikr bildira turib, jamoa Anxel Di Mariyani o‘z safiga qo‘shib olgach, ancha kuchaygani va YeChLda yaxshiroq ishtirok eta boshlagani haqida aytgan. Murabbiy Matyudining imkoniyatlarini yaxshi baholgan, Jyeremi Menezni esa o‘z iqtidorini to‘la ro‘yobga chiqara olmaganlikda ayblagan.

Anchelotti "Real" jamoasidagi faoliyatini eslaganida, Benzemani o‘z ampluasi bo‘yicha eng yaxshilardan biri sifatida e'tirof etgan. Shuningdek, u Ronalduning mehnatkashligini, jamoadoshlari bilan kuchli tandem hosil qila olishini ta'kidlagan.
Murabbiy "Milan"ga qaytishi mumkinligi bo‘yicha xabarlarga izoh berib, jamoa rahbariyati u bilan aloqaga chiqqani, lekin o‘zi sog‘lig‘idagi muammo tufayli bu taklifga rad javobi berganini aytib o‘tgan.

U Angliyadagi faoliyati haqida fikr bildirganida esa, "Angliyada yaxshi ovqat yeyishni istagan odam, italyan restoraniga borishi kerak", deya qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Jurnalist Anchelottidan o‘zining murabbiylik yo‘lida uchratgan va o‘zi shug‘ullantirgan eng kuchli futbolchilarini sanashini so‘ragan.

"Maldini, Pirlo, Buffon, Benzema, Zidan, Lempard, Drogba, Del Pero... Men ulardan birini tanlay olmayapman", deydi oxirgi marta "Real"da ishlagan va Krishtianu Ronalduni shug‘ullantirgan murabbiy.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish