Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:38 / 21.10.2015
3873
1 daqiqa o‘qiladi
Angliyada AQShning F-18 rusumli qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Angliyada AQSh Harbiy-havo kuchlariga tegishli F-18 rusumli qiruvchi samolyot halokatga uchrab, uchuvchi halok bo‘ldi.
Ma'lum qilinishicha, bu samolyot Kembrijda, Buyuk Britaniya Harbiy-havo kuchlarining Suffolkdagi bazasi yaqinida qulab tushgan.
Ushbu samolyotda birgina uchuvchi bo‘lgani aytilmoqda. Bu samolyot Leykenxit bazasidan havoga ko‘tarilgan.
Ba'zi manbalarda bu samolyot AQShning Yaqin Sharqdagi bazalaridan biriga ketayotgan bo‘lgani haqida yozilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish