Jahon | 17:12 / 21.10.2015
5025
1 daqiqa o‘qiladi

Asad Putin bilan uchrashuvga jurnalistlarning kiritilishini istamadi

Suriya va Rossiya prezidentlarining uchrashuvi Bashar Asadning iltimosiga ko‘ra yopiq rejimda o‘tkazildi. Bu haqda “Kommersant'” nashri yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, Suriya yetakchisining Moskvaga tashrifi rejaga kiritilgan edi. Muzokaralar oldidan Asad bildirgan yagona tilak - uchrashuvni OAVdan yopish bo‘ldi.
Muzokara ikki tomonlama, yuzma-yuz formatda o‘tdi, delegatsiyalar uchrashuvi esa uch soatdan ortiq davom etdi.

Aytilishicha, suhbatda Suriyada muddatdan ilgari prezidentlik saylovlari o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish