23:43 / 21.10.2015
3254

Aston Martin Rapide elektrokarga aylandi

Aston Martin kompaniyasi tamomila elektrik versiyaga aylangan xetchbek Rapide – RapidE’ni namoyish etdi. Premera Londonda bo‘lib o‘tadigan britan-xitoy ijodiy sammitida namoyish etiladi.

Prototip «Aston» mutaxassislari va Williams Formula-1 mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlandi. Loyihaning moddiy homiysi Xitoyning ChinaEquity firmasi bo‘ldi.
Aston Martin RapidE 560 ot kuchiga ega elektrik dvigatel bilan ta'minlandi. U odatiy “Rapid”dan tubdan farq qiladi. Xetchbek akkamulyatorning odatiy quvvatisiz 320 kilometr masofani bosib o‘tadi.

Elektrokarni 2017 yilda chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Top