Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA Formula-1ning navbatdagi bosqichida poygachi yo‘ltanlamasni namoyish etadi
BAAning Zarooq kompaniyasi o‘zining birinchi modeli - Sand Racer poygachi yo‘ltanlamasini debyutga hozirlamoqda. Uning taqdimoti noyabr oyida Abu Dabidagi Formula-1 Gran-prisi paytida o‘tkaziladi.
Yangi mashina haqida to‘liq ma'lumot yo‘q. Yo‘ltanlamas dizayni ustida Lykan Hypersport superkari muallifi Entoni Yanarelli ishlagani aytildi, xolos.
Yo‘ltanlamas konstruksiyasida ko‘mir-plastik keng qo‘llanadi. Mashina massasi 950 kg ni tashkil qiladi. Zarooq Sand Racer’ning motor bo‘limida 3.5 l li 6 silindrli dvigatel joylashtiriladi. U modifikatsiyaga qarab 300-500 ot kuchi berishi mumkin bo‘ladi.
Mashinani umumfoydalanish yo‘llariga ham olib chiqish mumkin bo‘ladi. U mijozlarga 2016 yildan yetkazib berila boshlaydi. Dastlabki 20 ekzemplyar maxsus modifikatsiyada chiqariladi. Uning narxi 80-160 ming dollar o‘rtasida.