Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi avtobus bekatida turgan aka-ukalar ko‘z ochib yumguncha o‘g‘rilik qurboni bo‘lishdi, deb xabar beradi “Ogoh” gazetasi.
Aytilishicha, Bektemir tumani hududida “faoliyat” yuritib kelgan 7 o‘smirdan iborat jinoiy guruh ularga “qiziqib qolib”, qurshovga olgan. So‘ng ozgina qo‘rqitib, yigitlarning qo‘lidagi 700 dollar va 700 ming so‘mni tortib olishgan.
Bezorilar changalidan qutulib qolgan yigitlar tegishli idoralarga arz qilishdi. Buning natijasida yo‘lto‘sarlar tez orada qo‘lga olinib, pul egasiga qaytarildi.