Sport | 02:26 / 21.10.2015
3376
2 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasi, Ye guruhi: "Barselona" mehmonda "BATE"ni yutdi, “Bayyer” va “Roma” bir-biriga to‘rttadan to‘p urdi

Chempionlar Ligasi, guruh bosqichi 3-turida Ye guruhi vakillari “Barselona” va “BATE” klublari Belarusning Borisov shahridagi “Borisov-Arena” stadionida uchrashdi. “Barsa” Ivan Rakitichning dubli evaziga uchrashuvda 0:2 hisobida g‘alabaga erishdi.

Chempionlar Ligasi. E guruhi. 3-tur
BATE (Borisov, Belarus) – Barselona (Barselona, Ispaniya) – 0:2
Gollar: Rakitich, 48 (0:1); Rakitich, 64 (0:2).

Guruhdan o‘rin olgan 2-uchrashuvda “Bayyer” va “Roma” klublari uchrashdi. O‘yin Leverkuzenda “Bayyor” stadioni “Bay-Arena”da murosasiz tarzda o‘tdi va 4:4 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. “Aspirinchilar” safida ikkita to‘pni Xaver Ernandes kiritdi, Kevin Kampl va Admir Mexmedi o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘yishdi. Mehmonlar safida ham Daniel De Rossi dublga erishdi, Mirolim Pyanich va Yago Falke esa bittadan to‘p kiritdi.

Bayyer (Leverkuzen, Germaniya) – Roma (Rim, Italiya) – 4:4
Gollar: Ernandes, 4 (1:0, pen); Ernandes, 19 (2:0); De Rossi, 29 (2:1); De Rossi, 38 (2:2); Pyanich, 54 (2:3); Falke, 73 (2:4); Kampl, 84 (3:4); Mexmedi, 86 (4:4).

Ye guruhida 3-turdan keyingi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. “Barselona” — 7 ochko; 2. “Bayyer” — 4; 3. BATE — 3; 4. “Roma” — 2.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish