Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dushanbeda 30 oktabr kuni MDH hukumat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi
Tojikistonning Dushanbe shahrida, 30 oktabr kuni MDH hukumat rahbarlarining sammiti o‘z ishini boshlaydi.
Sammit doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning kelgusidagi taraqqiyoti masalasida 30ga yaqin savollar muhokama etiladi. Bundan tashqari, sammitda moliyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, ijtimoiy, huquqni muhofaza qilish sohalarida muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Yig‘ilishda MDH iqtisodiy taraqqiyotining uchinchi bosqichi, Yoshlar o‘rtasida hamkorlik strategiyasi, Jismoniy madaniyat taraqqiyoti strategiyasi masalalarining navbatdagi bosqichi haqda so‘z yuritiladi. Bundan tashqari, 2016 yilda tashkilot tuzilganining 25 yillik bayramini o‘tkazish chora-tadbirlari ham muhokama etiladi.