Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Putin bilan Asadning Moskvaga tashrifini muhokama qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muloqot qildi. Bu haqda CNN Türk xabar berdi.
Aytilishicha, telefon muloqotida ko‘tarilgan asosiy mavzu Suriya prezidenti Bashar Asadning Moskvaga tashrifi bo‘ldi. Bundan tashqari, Suriyadagi umumiy vaziyat muhokama qilindi, xususan, Erdo‘g‘an Halabdagi vaziyatdan tashvishdaligini bildirdi. Ma'lumki, Halab atrofida aholining ko‘pchiligini tashkil qiladigan turkmanlar Turkiya bilan hamkorlik qilib keladilar.
Eslatib o‘tamiz, 20 oktabr kuni Bashar Asad Moskvaga tashrif buyurib, Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bugun uning Damashqqa qaytib ketgani ma'lum qilindi.