Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har kuni 2,5 kilogram Chili garmdorisini iste'mol qiladigan g‘aroyib xitoylik
Yongzida hali o‘smirlik paytidayoq g‘aroyib odat shakllandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda u go‘sht va tuxumsix yashashi mumkinligi, achchiq mahsulotlar uning jon-dili ekanligini tushunib yetdi. «Odatda odamlar ertalab o‘rinlaridan turishgach, tishlarini tozalashadi, ammo mening qiladigan birinchi ishim chili garmdorisini tanovul qilish bo‘ladi», – deydi Li Yongzi. Uning aytishicha, achchiq ta'mga ega bo‘lmagan har qanday taom u uchun mazasiz masalliqdir.
Xitoylik achchiq taomlarni har kuni site'mol qiladi. Hozir Li Yongzi achchiq mahsulotlar yeyish bo‘yicha qirol bo‘lib, u har kuni 2,5 kg. gacha chili garmdorisini iste'mol qiladi.
Bundan tashqari, garmdori uning stresslarini oladi. Chunki uning o‘g‘li yoshligida avtohalokat sabab yorug‘ dunyoni tark etgan edi.
Eng qizig‘i u butunlay sog‘lom. «Shifokor ko‘rigidan o‘tgach,butunlay sog‘lom ekanligimga amin bo‘ldim», – deb ta'kidlagan Yongzi.