10:42 / 21.10.2015
4039

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentning ba'zi tumanlarida gaz bosimi kamaygani muhokama qilindi

O‘tgan dam olish kunlari (17-18 oktabr) O‘zbekistonda kuzatilgan yog‘ingarchiliklar hamda havo haroratining pasayishi tabiiy gaz bosimining ham pasayishiga ta'sir etdi.

Uz24.uz nashrida xabar qilinishicha, shu tufayli Toshkent shahrining ko‘pgina tumanlarida gaz bosimi kamaygan. Feysbukdagi “Jamoatchilik nazorati” guruhi ishtirokchilari bu masalani muhokama qilishgan.

Foydalanuvchilardan biri “Chilonzor tumanida, aniqrog‘i Do‘mbirobodda gaz bosimi kam, yana kimda qanaqa?”, deya savol qoldirgan va dalil sifatida suratlarni joylagan. Unga javoban boshqa ishtirokchilar Uchtepa tumani 11- kvartalda, Yunusobod tumani Ibn Sino massivi hamda 4- kvartalda, shuningdek, Yakkasaroy, Mirobod, Chilonzor tumanlarida ham gaz bosimi pastligini izohlarda yozib qoldirishgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati har yili sovuq tushishi bilan bu holat takrorlanishini aytishgan.

Top