18:48 / 21.10.2015
6645

IShID yollovchilari yoqtirgan aloqa kanali – Zello

IShID yollovchilari yoshlarni “VKontakte”, “Odnoklassniki” singari ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z saflariga jalb qilish uchun Zello kanalidan foydalanib kelmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston agentligi Tojikistonning harbiy strukturalaridagi manbalariga tayangan holda ma'lumot berdi.

“Yollashning asosiy yo‘li ijtimoiy tarmoqlardir. Agar ilgari jangarilar Twitter va Facebook’dan ko‘proq foydalangan bo‘lsa, bugun ular “VKontakte”, “Odnoklassniki” hamda mahalliy ahamiyatga ega “Diaspora” singarilardan keng foydalanmoqda”, - deyiladi xabarnomada.

Ta'kidlanishicha, bugungi kunda IShID tarkibida 2 mingdan ortiq tojikistonlik bo‘lib, bular asosan yoshlardir.

Top