11:23 / 21.10.2015
3951

Jahon banki xom ashyo narxlari prognozlarini o‘zgartirdi

Jahon bank yangi tayyorlangan sharhida neft, rangli metallar, qishloq xo‘jaligi va o‘g‘itlar narxi 2015 va 2016 yillarda tushib ketishini bashorat qildi.

Hisobotda ta'kidlanishicha, Brent, Dubai va WTI rusumida neftning bir barreli 2015 yili 52 dollarni, 2016 yili 51 dollarni tashkil qilib, bu iyul prognozidan 5 va 9.8 foizga pastdir. Shuningdek, noenergetik resurslarning nominal narxlari 2015 yili 14 foizga tushib, 2016 yili 1.2 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Top