Jahon | 20:39 / 21.10.2015
3690
2 daqiqa o‘qiladi

Jon Kerri 2 noyabr kuni Qozog‘istonga keladi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 2 noyabr kuni Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Qozog‘iston davlat rahbari matbuot kotibi Dauren Abayev ma'lum qildi.

Jon Kerri Qozog‘istonga safari davomida mamlakat prezidenti va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashadi hamda strategik hamkorlik komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Abayevning ta'kidlashicha, shu kunning o‘zida Nursulton Nazarboyev Buyuk Britaniyaga jo‘nab ketadi.

10 kunlik safari davomida Nazarboyev Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan ikki tomonlama munosabatlar borasida muzokaralar olib boradi. Bunda asosan Qozog‘istonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi masalasi muhokama qilinadi.

Qozog‘iston rahbari shuningdek, qirolicha Yelizaveta II bilan hamda Britaniya ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashadi.

Shuningdek, Nazarboyev Londondan Fransiyaga yo‘l oladi va 5 noyabrda Fransua Olland bilan hamda Fransiya ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bosh konferensiyasida chiqish qilishi kutilmoqda.

Nazarboyev 26 oktabr kuni Qatar amiri taklifiga ko‘ra, Dohaga safar qiladi va 27 oktabrda Ostonaga qaytib, o‘zining Markaziy Osiyo bo‘yicha safarini boshlagan Yaponiya bosh vazirini qabul qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish