20:07 / 21.10.2015
7588

KUN.UZ dayjesti: 21 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 21 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Islom Karimov dehqonlar va fermerlarni tabrikladi>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston dehqonlari va fermerlari, barcha mehnatkashlariga tabriknoma yo‘lladi. Tabrikning to‘liq matni UzA saytida joylashtirilgan.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 26 yil to‘ldi>>

Bugun «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganiga 26 yil to‘ldi. 

2016 yilda Sautboy konida tog‘-boyitish kombinati qurilishi boshlanadi>>

O‘zbekiston va Janubiy Koreya 2016 yilning ikkinchi yarmida Sautboy koni bazasida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyodroqni tashkil etuvchi qazilmalarni qazib olish va qayta ishlar majmuasi qurilishiga kirishadi.

Turkmaniston va O‘zbekiston Afg‘oniston chegarasini mudofaa qilishda hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda>>

Yaqinda Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan voqealar Turkmaniston-O‘zbekiston sammitida atroflicha muhokama qilindi. Tahlilchilarning fikricha, voqealar Turkmaniston chegarasiga bevosita yaqin hududlarda sodir bo‘lgani bois har ikki tomon ham bu muammoga katta e'tibor qaratgan.

Toshkent va Anqara o‘zaro hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qilishdi>>

2015 yilning 20 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Namik Guner Erpul bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston hukumati 79 korxonadagi davlat ulushini xo‘jalik boshqaruvi organlariga o‘tkazdi>>

O‘zbekiston hukumati 79 korxonadagi davlat ulushini xo‘jalik boshqaruvi organlariga o‘tkazdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2015 yilning 9 oktabridagi “Davlat mulki obektlaridan samarali va ratsional foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda aytildi.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 76ta yuqori texnologik ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi>>

2015 yil boshidan buyon O‘zbekistonda yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha 76 investitsion loyiha amalga oshirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining o‘tgan 9 oy ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Rustam Qosimjonov Gorts kubogida g‘olib bo‘ldi>>

Berlinda rapida yo‘nalishi bo‘yicha turnirdagi ishtirokini yakunlashi bilanoq Vengriyadagi Gorts kubogi («Highlander Kupa 2015″) turnirida bahslarga kirishgan o‘zbekistonlik grossmeyster ushbu turnirni muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Latviya ekologik toza texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashdi>>

Latviya Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish va mintaqaviy rivojlanish vaziri K.Gerxards boshchiligidagi toza texnologiyalar sohasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentning ba'zi tumanlarida gaz bosimi kamaygani muhokama qilindi>>

O‘tgan dam olish kunlari (17-18 oktabr) O‘zbekistonda kuzatilgan yog‘ingarchiliklar hamda havo haroratining pasayishi tabiiy gaz bosimining ham pasayishiga ta'sir etdi.

Samarqand xonadonlarga tabiiy gaz uzatilmayapti>>

Samarqand shahrining ko‘pgina mahallalarida 3 kundan buyon tabiiy gaz ta'minoti to‘laligicha uzilib qolgan. Bu haqda samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev ma'lumot berdi.

Toshkentda plastik kartadagi pullarni naqdlashtirib berish bahonasida odamlarni aldab yurgan firibgar qo‘lga olindi>>

Toshkentda plastik kartadagi pullarni naqdlashtirib berish bahonasida odamlarni aldab yurgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.

Adliya vazirligi tadbirkorlikni himoya qilishning onlayn tizimini yaratdi>>

O‘zbekiston adliya vazirligi tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasiga elektron texnologiyalarni joriy qilish maqsadida tadbirkorlikni himoya qilishning onlayn tizimini yaratdi.

O‘zbekistonda yo‘l qoidalarini buzgan piyodalar jarimaga tortiladi>>

O‘zbekiston IIV yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ko‘riladigan ma'muriy jazo choralariga o‘zgartishlar kiritildi. Sputnik agentligi adliya vazirligiga murojaat qilib, bu borada izohlar so‘radi.

Polshaning Solaris kompaniyasi O‘zbekistonga jamoat transportlari yetkazib bermoqchi

Polshaning avtobus, tramvay va trolleybus ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Solaris Bus & Coach S.A. kompaniyasi O‘zbekistonga jamoat transportlarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Hafta oxirida O‘zbekistonning ba'zi tumanlarida harorat -7 darajagacha pasayadi>>

23-25 oktabr kunlari O‘zbekistonda havo harorati 0 +2 (ayrim joylarda -2 darajagacha sovuq tushadi), kunduzi +8…+10 darajagacha pasayadi, deb xabar qildi O‘zgidromet.

2015 yilda O‘zbekiston aholisi uchun 27,5 ming tonna ko‘mir briketi mahsuloti yetkazib berildi>>

O‘zbekistonda oxirgi bir yarim yil ichida ko‘mir briketlari ishlab chiqaruvchi 31 fabrika ishga tushirilgan. Ularning umumiy quvvati yiliga 240 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarish layoqatiga ega, deb ma'lumot beradi “O‘zbekko‘mir” bosh direktori Nosirjon Umarov.

O‘zbekistonlik 9 nafar murabbiy FIBA litsenziyasini olish uchun nomzod>>

Navoiyda Xalqaro basketbol federatsiyalari assotsiatsiyasining (FIBA) murabbiylar uchun xalqaro seminari o‘tkazildi. Unda FIBA`ning serbiyalik instruktori Milan Kotarats O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan basketbol sporti bo‘yicha murabbiylarni o‘z bilimlari bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston aholisining real daromadi 11,6 foizga oshgani xabar qilindi>>

2015 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining real umumiy ichki daromadi 11,6 foizga oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Top