22:26 / 21.10.2015
3589

L'Equipe: Azar keyingi yilda «Real»da o‘ynashni istamoqda

"Chelsi" jamoasining belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azar 2016 yilning yozgi transferlari vaqtida Ispaniyada faoliyatini davom ettirmoqchi.

U o‘zining londonliklar jamoasidagi maqomi o‘zgarganidan norozi bo‘lmoqda.

"Azar o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Bu mavsumda esa murabbiy unga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmaganini bildirgan", deyiladi L'Equipe nashri xabarida.

U Madridning "Real" jamoasida faoliyatini davom ettirish istagida ekani aytilgan.

Qayd etish kerakki, Azar 17 oktabr kuni APLning 9-turi doirasida "Aston Villa"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda asosiy tarkibda harakat qilmadi. Unga o‘yinda natija hal qilib bo‘lingach, 8 daqiqa o‘ynash imkoni berilgandi.

O‘tgan mavsumda 14ta gol urgan Azar APLning joriy mavsumida hali bironta gol urmagan va 3ta golli pas amalga oshirgan.

Top