Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 01:44 / 21.10.2015
5347
1 daqiqa o‘qiladi
Marin Le Pendan musulmonlarni fashistlarga tenglashtirmaslik talab qilindi
Prokuror Fransiya ko‘chalarida ibodat qilayotgan musulmonlarni fashistlar okkupatsiyasiga tenglashtirgan, Fransiyaning “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Pendan mazkur ayblovni olib tashlashni talab qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Prokuror Bernar Reynoning ta'kidlashicha, Le Penning tutgan ishi “hayratlanarli”, ammo u “so‘z erkinligi huquqiga ega”.
Avvalroq Marin Le Penga musulmonlarni haqorat qilgani uchun qamoq jazosi berilishi kutilayotgani aytilgan edi.