00:17 / 21.10.2015
5198

OAV: Rossiyalik diniy ulamolar Putinning Qur'on va Injilni himoya qilish haqidagi qonuniga Muhammad payg‘ambar sunnatlarini ham kiritishni taklif qilishdi

Rossiyalik diniy ulamolar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qur'on va Injilni himoya qilish haqidagi qonun loyihasida ekstremistik deb topilmasligi kerak bo‘lgan diniy aqidalar ro‘yxatini kengaytirishni taklif qilishdi, deb xabar bermoqda RBK nashri.

Nashrga ma'lum bo‘lishicha, diniy ulamolar bunday taklif bilan Rossiya Davlat dumasining jamoatchilik tashkilotlari ishlari bo‘yicha qo‘mitasining kengaytirilgan majlisida chiqishdi. Bu majlisda yangi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Musulmonlar vakillari qonun loyihasiga Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sunnatlarini kiritishni, Rossiya pravoslav cherkovi vakillari esa Eski va Yangi o‘git (Vetxiy va Novyy Zavet), cherkov qarorlari, diniy qoidalar, matnlar va avliyolarning ijodlarini kiritishni taklif qilishdi.

Hozirgi bosqichda ro‘yxatning kengaytirilishiga Rossiya Injil e'tiqodi nasroniylari ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari Konstantin Bendas qarshi chiqdi. Uning fikricha, mantiqan avval to‘rtta asosiy diniy kitobni (Qur'on, Injil, Tanax va Ganjura) qonun bilan himoyalash kerak, keyin esa vaziyatga qarab bu ro‘yxatni kengaytirish kerak-yo‘qligi hal qilinishi lozim.

Top