Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hukumati 79 korxonadagi davlat ulushini xo‘jalik boshqaruvi organlariga o‘tkazdi
O‘zbekiston hukumati 79 korxonadagi davlat ulushini xo‘jalik boshqaruvi organlariga o‘tkazdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2015 yilning 9 oktabridagi “Davlat mulki obektlaridan samarali va ratsional foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda aytildi.
Hujjatda ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimiyati bilan hamkorlikda davlat mulki obektlari inventarizatsiyasini o‘tkazib, ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.
Mana shu tavsiyalar asosida aksariyat inventarizatsiyadan o‘tgan korxonalarning davlat ulushi xo‘jalik yurituvchi organlar ixtiyoriga o‘tkazildi.