10:36 / 21.10.2015
2911

O‘zbekiston va Latviya ekologik toza texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashdi

Latviya Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish va mintaqaviy rivojlanish vaziri K.Gerxards boshchiligidagi toza texnologiyalar sohasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Dasturga muvofiq, 20 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi B.Abdusamatov bilan Latviya Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish va mintaqaviy rivojlanish vaziri K.Gerxards uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

21 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasida ekologik toza texnologiyalar sohasida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda latviyalik biznes-guruh vakillari tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun toza texnologiyalarni tatbiq etishga bag‘ishlangan taqdimotlar bilan ishtirok etdi.

Jumladan, 1994 yildan buyon faoliyat olib borayotgan Latviyaning "Karme filtrs" kompaniyasi vakillari ichimlik va xo‘jalik suvlarini tozalash borasidagi o‘z tajribasi, ko‘rsatayotgan xizmatlar va mahsulotlari taqdimotini o‘tkazdi.

Top