Jahon | 09:51 / 21.10.2015
3867
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Suriyadagi parvozlar bo‘yicha memorandumning kuchga kirganligini tasdiqladi

Pentagon vakili Piter Kuk seshanba kuni Suriyadagi parvozlar xavfsizligi bo‘yicha o‘zaro tushunish memorandumining kuchga kirganligini tasdiqladi.
“Memorandumning imzolanishi bilan u kuchga kirdi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Ta'kidlanishicha, memorandum konkret xavfsizlik protokollarini o‘z ichiga olib, ularga samolyotlar ekipajlari qat'iy amal qilishi talab etiladi. Bu protokollar uchuvchilarning har qanday vaziyatda professional xatti-harakat qilishini, muloqotning konkret chastotalaridan foydalanishni, yerda kommunikatsiya liniyalarini yaratishni ko‘zda tutadi.

Bundan tashqari, AQSh va Rossiya kelajakda har qanday realizatsiya masalalarini muhokama qilish uchun ishchi guruhi tashkil etishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish