Jahon | 13:42 / 21.10.2015
4977
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Rossiya Suriyadagi siyosiy jarayonga yordam berishga tayyor

Rossiya prezidenti Vladimir Putin suriyalik hamkasbi Bashar Asad bilan Moskvada o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida Moskva mamlakat xalqiga nafaqat IShIDga qarshi kurashda, balki siyosiy jarayonlarni boshlashda ham yordam berishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda Kreml sayti orqali xabar qilindi.

“Suriya biz uchun do‘stona mamlakatdir. Biz nafaqat u yerda terrorchilikka qarshi kurash ishiga, balki siyosiy jarayonga ham o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz. Albatta, ixtilofni tinch yo‘l bilan hal qilishdan manfaatdor boshqa davlatlar bilan hamkorlikda”, - dedi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish