Jahon | 20:59 / 21.10.2015
6589
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Saudiya Arabistoni qirolini Bashar Asadning Rossiyaga tashrifi haqida xabardor qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud bilan telefonda Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

“Putin Saudiya Arabistoni qiroli bilan telefonda Suriya mavzusini muhokama qildi”, deb aytdi Peskov.

Peskovning aytishicha, Putin, shuningdek, “qirolni Suriya prezidenti Basar Asadning tashrifi yakunlaridan xabardor qildi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish