Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya aviatsiyasi Suriyada jangarilarning qo‘mondonlari to‘plangan joyga zarba berdi
Rossiyaning Suriyadagi aviaguruhi samolyotlari terrorchi guruhlarning qo‘mondonlari to‘plangan punktga zarba berishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligini vakili Igor Konashenkov bayonot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, radiorazvedka vositalari yordamida IShID va “Jabhat an-Nusra” terrorchi tashkilotlarining qo‘mondonliklari o‘rtasida birlashish bo‘yicha muzokaralar boshlangani haqida ma'lumot to‘plandi. Muzokaralar o‘tkazilayotgan punkt aniqlanib, unga qarshi Rossiya qiruvchilari yo‘llandi.
Ta'kidlanishicha, uchrashuv tashlandiq binolardan birining yerto‘lasida o‘tkazilgan. Jangarilar muntazam ravishda uchuvchisiz apparatlar kuzatuvini amalga oshirganiga qaramay, Rossiya razvedkachilari ularning o‘rnini aniqlashga erishgan.
“Bu ma'lumot qo‘shimcha kanallardan tekshirilganidan so‘ng uchrashuv joyi va vaqti aniqlanib, jangarilar rahbarlari to‘plangan joyga zarba berish haqida qaror qabul qilindi”, - ma'lum qildi Konashenkov.