09:47 / 21.10.2015
6091

Rossiya Suriya osmonida samolyotlar ko‘pligi yangi tahdidlar tug‘dirayotganini aytdi

Rossiya mudofaa vazirligi Suriya havo hududida turli uchish apparatlarining haddan ortiq ko‘payib ketganini bayon qildi. Bu haqda idoraning rasmiy vakili Igor Konashenkov bayonot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, gap harbiy transport aviatsiyasi, harbiy samolyotlar, turli o‘lchamdagi uchuvchisiz uskunalar haqida ketmoqda.
Ta'kidlanishicha, Rossiya aviaguruhi hozircha o‘z parvozlarini faqat suriyalik hamkasblari bilan muvofiqlashtirib amalga oshirmoqda.

Ammo boshqa barcha harbiy aviatsiya kelishuvsiz faoliyat yuritmoqda, bu esa, Konashenkovning fikricha, kutilmagan o‘zaro to‘qnashuvlar tahdidini keltirib chiqaradi.

Top