08:36 / 21.10.2015
2676

The Washington Post xatolik tufayli Baydenning nomzodligi haqida e'lon qildi

The Washington Post gazetasi saytida "Vitse prezident Bayden 2016 yilgi saylov uchun poygaga qo‘shiladi" nomli xabar nashr qilindi. Bu xatolik haqda The Hollywood Reporter nashri ma'lum qilgan.

"Vitse prezident Jo Bayden 2016 yildaAQSh prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovda o‘z nomzodi bilan ishtirok etishni rejalashtirmoqda. U bu qaror haqida bir necha oylardan beri o‘ylab kelayotgandi", deb yozilgandi xabarda.

Bu xabar tez orada saytdan olib tashlangan va bu "xatolik tufayli nashr qilingan xabar" bo‘lgani aytilgan.

Biroz oldinroq, G‘arb OAVida Bayden 20 oktabr kuni o‘z nomzodligi haqida e'lon qilishi kutilayotgani haqida xabarlar berilgandi.

Top