Jahon | 17:57 / 21.10.2015
7787
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya bosh vaziri Asadga Rossiyada qolishni maslahat berdi

Turkiya bosh vazir Ahmad Dovudo‘g‘lu Suriya prezidenti Bashar Asadga Rossiyadan qaytmaslikni maslahat qildi.

U Asadning Moskvadan qaytib kelmasligini va o‘z xalqini tinch qo‘yishini istamoqda.

"Bizningcha, Suriya hukumati qonuniy hukmini yo‘qotib bo‘lgan, bizning ular haqidagi fikrimiz o‘zgarmaydi. U iste'foga chiqishi va Suriyada o‘zgarishlar davri boshlanishi kerak", deydi Dovudo‘g‘lu.

Uning fikricha, Asadning Moskvaga safari Suriyaning Rossiyaga qaramligi kuchayishini anglatadi.

"Men shuni aytishim mumkinki, u Moskvada qancha uzoq vaqt davomida qolsa, Suriya xalqi shuncha vaqt davomida o‘zini xotirjam his qilishi mumkin", deydi vazir.

Suriya prezidenti Bashar Asad 20 oktabr kuni Moskvaga tashrif buyurib, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish