23:02 / 21.10.2015
3027

Twitter so‘rovnomalar yaratish funksiyasini kiritmoqda

Twitter ijtimoiy tarmog‘i so‘rovnomalar yaratish funksiyasini ishga tushirmoqda. Bu haqda kompaniya bergan xabarda ma'lum qilindi.

Ijtimoiy tarmoqning istalgan foydalanuvchisi ikkita javob variantidan tashkil topadigan o‘z so‘rovnomasini yaratishadi. Ovoz berish 24 soat davom etadi. Bu vaqt o‘tgandan keyin so‘rovnomada ishtirok etgan barcha foydalanuvchilar bu haqda xabar olib, yakuniy natijalarni bilishlari, foydalanuvchilar hech qanday cheklovlarsiz istalgan so‘rovnomalarda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Barcha ovoz berishlar anonim qilinadi.

“Agar siz jamiyatning biror narsa haqidagi, misol uchun itni qanday nomlash, kechki o‘yinda kim g‘olib bo‘lishi, ularni biror qaror qabul qilishda ko‘proq nima tashvishlantirishi haqidagi fikrini bilmoqchi bo‘lsangiz, Twitter bunga aynan to‘g‘ri keladi”, deyilmoqda kompaniya xabarida. Funktsiya yaqin kunlarda barcha operatsion tizimlar – iOS, Android va Twitter.com’ning desktop versiyalarida paydo bo‘ladi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoq “Moments” (“Lahzalar”) funksiyasining ishga tushirilishi haqida e'lon qilgan edi, bu funksiya real vaqt rejimida muhim voqealarni kuzatishga imkon beradi.

Top