Jahon | 20:23 / 21.10.2015
3216
2 daqiqa o‘qiladi

Yahoo kompaniyasi Google bilan ma'lumot izlash va reklama borasida hamkorlik qiladi

Internet-qidiruv bozorida ulushga va yirik veb-resurslarga ega Yahoo kompaniyasi Google kompaniyasi bilan uning qidiruv va reklama texnologiyalaridan foydalanish borasidagi kelishuvni yana davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu kelishuv AQSh savdo kimissiya tomonidan 2008 yilgi antimonopol taftish doirasida to‘xtatib qo‘yilgan edi, deb xabar bermoqda VentureBeat nashri.

Yahoo o‘z foydalanuvchilarini Google qidiruv tizimiga jo‘natadi. Kompaniya shu bilan birga Microsoft bilan Bing qidiruv tizimidan foydalanish bo‘yicha kelishuvini o‘z kuchida qoldiradi, biroq unga jo‘natiladigan foydalanuvchilar soni kamayishi mumkin. Shuningdek, Google kompaniyasi Yahoo’ga o‘z resurslarida kontekst reklamani ko‘rsatish texnologiyasini taqdim qiladi. Yahoo kompaniyasi Google’ga veb-qidiruv va tasvirlar bo‘yicha qidiruvga haq to‘laydi. Google esa Yahoo’ga desktop va mobil qurilmalarda reklama ko‘rsatganlik uchun haq to‘laydi. Shuningdek, Yahoo o‘zining reklama texnologiyalarini o‘zining kontekst, media va videoreklamani sotib olish universal algoritmik tizimi BrightRoll doirasida Google’ning texnologiyalari bilan birlashtiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish