Jahon | 13:30 / 21.10.2015
1800
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada “Senday” AESning ikkinchi reaktori elektr ishlab chiqara boshladi

Yaponiyada “Senday” AESning ikkinchi reaktori elektr ishlab chiqara boshladi. Bu haqda stansiya operatori bo‘lgan Kyushu Electric Power kompaniyasi ma'lum qildi.

Bu 2011 yildagi “Fukusima” AES halokatidan so‘ng ishga tushirilgan ikkinchi atom reaktori bo‘ldi.
Reaktor 1 noyabrda to‘la quvvatda ishlay boshlashi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish