18:58 / 21.10.2015
2552

Yunker Bolqonda qochqinlar bo‘yicha sammit tashkil etishga chaqirmoqda

Yevrokengash raisi Jan-Klod Yunker noqonuniy muhojirlarning ommaviy ravishda Yevropaga yo‘l olishi to‘xtamayotgani munosabati bilan favqulodda sammit tashkil etishga chaqirmoqda.

Yaqin yakshanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvda Germaniya, Avstriya, Bolgariya, Xorvatiya, Gretsiya, Vengriya, Ruminiya va Sloveniya, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan Makedoniya hamda Serbiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi.

“G‘arbiy Bolqon bo‘ylab joylashgan mamlakatlardagi favqulodda holat bilan bog‘liq ravishda tezkorlik bilan hamkorlik olib borish, maslahatlashuvlarni kuchaytirish va kerakli choralarni ko‘rish lozim. Shuning uchun Yunker 25 oktabr kuni g‘arbiy Bolqon yo‘nalishi bo‘ylab qochqinlar oqimini muhokama qilish uchun sammit tashkil etishga chaqirmoqda”, - deyiladi 21 oktabr kuni e'lon qilingan Yevrokomissiya murojaatida.

Top