Jahon | 22:01 / 22.10.2015
4005
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh aviatsiyasi Suriyada IShIDga tegishli benzokolonka va kassani yo‘q qildi

AQSh va uning ittifoqchilari samolyotlari Suriyada IShID jangarilari pullari taqsimlanish punktini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda AQShning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi markaziy qo‘mondonligi.

AQShlik harbiylarning ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilarning “kassasi” Suriyaning sharqida Dayr-az-Zo‘r shahri atrofida joylashgan bo‘lgan. Shu yerning o‘zida neft yig‘ish punkti, ombor, ta'mirlash ustaxonasi va benzokolonka yo‘q qilingan.

Bundan tashqari, Rakka, Vashiya va Mara aholi punktlari hududiga aviazarbalar berilishi oqibatida jangarilarning ikkita taktik bo‘linmasi, yirik kalibrli pulemyot, bino va ekskavatori yo‘q qilindi.

Hammasi bo‘lib bir kunda AQSh va uning ittifoqchilari Suriyada 8 ta, Iroqda 14 ta zarba berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish