Jahon | 22:37 / 22.10.2015
3804
1 daqiqa o‘qiladi

BMT qochoqlar masalasida Chexiyani aybladi

BMT Chexiya hukumatini qochoqlar huquqi buzilayotgani munosabati bilan aybladi. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha yuqori komissiriyati vakili Zeyd Raad al Hsauyn ma'lum qilmoqda.

Uning aytishicha, oxirgi 90 kun davomida Chexiya hukumati qochoqlarga nisbatan kamsituvchi munosabatda bo‘lgan. Buning ustiga ularni tintishgan, uzoq muddatga ushlab turishgan.

Chexiya hukumati Hsaynning tanqidiga nisbatan rad javobini bergan, deb xabar bermoqda Reuters. “Prezident Islom fundamentalizmidan allaqachon ogohlantirdi”, - deb ma'lum qilmoqda Chexiya prezidenti Milosh Zemanning rasmiy vakili.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish