Sport | 02:38 / 22.10.2015
2237
2 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasi, D guruhi: "Yuventus" o‘z uyida "Borussiya” M bilan durang o‘ynadi, “Manchester Siti” “Sevilya”dan ustun keldi

Chempionlar Ligasi, guruh bosqichi 3-turida D guruhi vakillari “Yuventus” va “Borussiya M” klublari jangovor duranga imzo chekishdi — 0:0.

Chempionlar Ligasi. D guruhi. 3-tur

“Yuventus” (Turin, Italiya) – “Borussiya” (Myonxengladbax, Germaniya) – 0:0

Guruhdan o‘rin olgan 2-uchrashuvda “Manchester Siti” va “Sevilya” klublari uchrashdi. O‘yin Angliyaning Manchester shahridabo‘lib o‘tdi. Unda “shaharliklar”ning qo‘li baland keldi — 2:1.

“Manchester Siti” (Manchester, Angliya) – “Sevilya” (Sevilya, Ispaniya) – 2:1

Gollar: Yevginiy Konoplyanka, 30 (0:1); Adil Rami (avtogol), 36 (1:1); Kevin De Bryoyne, 90+1 (2:1)

D guruhida 3-turdan keyingi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. “Yuventus” — 7 ochko; 2. “Manchester Siti” — 6; 3. “Sevilya” — 3; 4. “Borussiya” M — 1.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish