17:48 / 22.10.2015
7132

Chevrolet kompaniyasi modellari eng ishonchsiz avtomobillar ro‘yxatida qayd etildi

Consumer Reports nashri avtomobillarning ishonchliligi bo‘yicha navbatdagi an'anaviy reytingini e'lon qildi. Reyting quyidagi sahifada (pdf) e'lon qilingan.

Mazkur ro‘yxatda yuqori uchlikni Lexus, Toyota va Audi markalari egalladi. Bundan tashqari kuchli o‘ntalikdan 7ta Osiyo avtomobil ishlab chiqarish korxonalari egallaganini e'tirof etish joiz.

Reyting uch qismdan «Eng ishonchli avtomobillar» (yettita kompaniya), «Ishonchli avtomobillar» (sakkizta) va «Eng ishonchsiz avtomobillar» (o‘n uchta) qismlariga bo‘lib chiqilgan.

Mazkur reytingda Chevrolet kompaniyasi moddelari eng ishonchsiz avtomobillar qatorida tilga olindi. U bilan bir qatorda Acura, GMC, Mercedes-Benz, Chrysler kompaniyalari joylashdi.

Ma'lumot uchun Consumer Reports reytingi AQShdagi 740 mingta avtomobilning ishonchliligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarga asoslanib tuzib chiqilgan.

Top