Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada qochqinlarni deportatsiya qilishga harbiy samolyotlar ham jalb qilinadi
Germaniya GFR tomonidan boshpana berishga ijozat etilmagan qochqinlarni deportatsiya qilish jarayonini tezlashtirish haqida qaror chiqarmoqchi. Ushbu maqsadda nafaqat yo‘lovchi, balki harbiy-transport samolyotlaridan ham foydalanish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma'lum qildi.
Germaniya parlamenti oktabr oyida ushbu masala ko‘zda tutilgan qonun loyihasini qabul qilishi kutilmoqda. U tasdiqlansa, 1 noyabrdan kuchga kiradi. Natijada Germaniyada boshpana berilishiga ijozat etilmagan muhojirlar yashirinishga urinmasliklari uchun oldindan ogohlantirilmasdan deportatsiya qilinadi.
“Agarda qochqinlarning bu yerga kelishiga faqatgina iqtisodiy omillar sabab bo‘lsa, biz ularga ortingizga qayting, deb aytishimiz shart”, - dedi Germaniya kansleri Angela Merkel. Xabarlarga ko‘ra, yil oxiriga qadar yana 800 ming nafarga yaqin kishi kirib kelishi mumkin.