09:17 / 22.10.2015
4683

Google sir-sinoat ishqibozlari bilan hazillashdi

Google o‘zining Twitter tarmog‘idagi rasmiy mikroblogi obunachilari bilan hazillashdi. 21 oktabr kuni sahifa ma'muriyati hazil posting amalga oshirishdi.Xabarda o‘quvchilarga Gmail pochta xizmati interfeysi uchun 15ta yangi temaga ega bo‘lish uchun yo‘llanma berilgan.

Ammo link bo‘yicha PDF formatidagi taqdimot ochiladi. Uning birinchi sahifasida ushbu hujjatni Google’dan tashqaridagi hech kimga ko‘rsatish mumkin emasligi haqidagi ogohlantirish turibdi. Keyingi sahifalarda esa vaqt mashinasining hazilomuz ishlanmalari loyihasi taqdim etilgandir.

Mistifikatsiya 2015 yil 21 oktabriga to‘g‘ri kelgani bejizga emas. Aynan shu kunga “Kelajakka qaytish-2” filmi qahramonlari vaqt mashinasida sayohat qilgan edi. Project Flux deb atalgan ushbu taqdimotning nomi ham filmdagi mashinaning asosiy unsuri nomidan olingan.

Top