O‘zbekiston | 12:30 / 22.10.2015
2733
2 daqiqa o‘qiladi

Joriy mavsumda Farg‘onada 203 ming tonna ko‘mir zaxirasi yaratilishi rejalashtirilgan

Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 7 iyuldagi Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015-2016 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida ushbu mavsumga qizg‘in taraddud ko‘rilmoqda. Shahar va tumanlarda ishchi guruhlari tashkil etilib, tayyorgarlik ishlari qat'iy nazorat qilib borilmoqda.

Farg‘ona viloyatidagi 12 qozonxona, 25 qozon, 7,8 kilometr issiqlik, 74,5 kilometr ichimlik suvi, 11,8 kilometr gaz, 7 ming 238 kilometr elektr tarmoqlarida joriy va mukammal ta'mirlash ishlari to‘liq yakuniga yetkazilgan.

Marg‘ilon shahri va Qo‘shtepa tumanidagi 12 ming aholi xonadonlarining elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida 1,4 milliard so‘m mablag‘ evaziga 110/6 kVtli “Joybozor” nimstansiyasini qurish ishlari yakuniy pallaga kirgan. Viloyatda 203 ming tonna ko‘mir zaxirasi yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

48 umumta'lim maktabi, 25 maktabgacha ta'lim muassasasi, 7 kasb-hunar kolleji, markaziy shifoxona hamda 16 qishloq vrachlik punktidaqishki mavsumga tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazilyapti.

O‘zA ning xabariga ko‘ra, viloyatda 30kilometrdan ortiq elektr tarmog‘i mukammal ta'mirdan chiqarilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish