07:29 / 22.10.2015
4445

Kataloniya OAVi: "Real" "Barselona" bilan o‘yinda ishlaydigan hakamlarga bosim o‘tkazishga urindi

Ispaniyada La liganing 12-turi doirasida o‘tkaziladigan "Real" va "Barselona" bahsiga tayinlangan hakamlarga bosim o‘tkazilishi bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda. Bu haqda L'Esportiude Catalunya nashri xabar yozgan.

Xabarda aytilishicha, ushbu o‘yinga tayinlangan qanot hakamlariga hakamlar qo‘mitasidan "madridliklarga yordam berish" bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Hakamlar esa bunga rozi bo‘lishmagach, Ispaniya futbol federatsiyasidan ham qo‘ng‘iroq bo‘lgan.

Tahdid ostida qolgan hakamlar esa korrupsiyaga qarshi kurashish masalasida prokuraturaga rasmiy shikoyat bilan murojaat qilishga majbur bo‘lgani aytilmoqda.

Qayd etish kerakki, "Real" va "Barselona" bahsi 21 noyabr kuniga belgilangan.

Top