Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada yana 6 kishi "narkobaron №1"ning qamoqdan qochishiga aloqadorligi uchun hibs qilindi
Meksika hukumati shu yilning iyunida "El Chapo" (Pakana) laqabli narkobaron Xoakin Guzmanning qamoqdan qochib ketishiga aloqador sifatida 6 kishi qamoqqa olingani haqida ma'lum qildi.
Qo‘lga olinganlar orasida jinoyatchining qarindoshlari va uni Guzmanni belgilangan joyga, u tug‘ilib o‘sgan shtatga eltib qo‘ygan vertolyot uchuvchilaridan biri bor.
Meksika prokurori Areli Gomesning aytishicha, narkobaronning advokatlaridan biri, uning qochishini tashkil etishda gumon qilinib, hibsga olingan.
Tergovchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchining qarindoshlari uning qochishi uchun 1,5 km masofadagi tunnel qazishgan va unga transport hozirlashgan.
Eslatib o‘tamiz, "El Chapo" 12 iyul kuni 10 m chuqurlikda qazilgan tunnel orqali Altiplano qamog‘idan qochib ketgandi.
"Sinaloa" narkokarteli rahbari Xoakin Gusman 2014 yilning fevralida hibsga olingandi. U qattiq nazorat ostida qo‘riqlangan bo‘lishiga qaramasdan, qamoqxona xodimlarining bir qismini sotib olish orqali qochishga muvaffaq bo‘lgan.