Sport | 14:49 / 22.10.2015
10927
2 daqiqa o‘qiladi

"Paxtakor" bosh murabbiyi: Anchadan beri maoshlarimizni olmadik

"Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi No‘'mon Hasanov ishtirok etdi.

"O‘yinni barcha ko‘rdi. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmadi. Ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘nglash uchun vaziyatlar bo‘ldi. "Lokomotiv" bilan oramizdagi farq bir ochko qoldi. Kurashishda davom etamiz.

Faoliyatimdan qoniqish? Bugungi o‘yin umuman yoqmadi. Ayniqsa birinchi bo‘lim. To‘p oshirishlarda ham xatolarga yo‘l qo‘yishdi yigitlar. Maxaradzening yo‘qligi bilindi.

Raqibga nisbatan bizda ko‘proq vaqt bo‘lgandi tayyorgarlik uchun. Yigitlar toliqqanga o‘xshab harakat qilishdi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz biroz ochildi. Ammo, omadimiz kelmadi.

Bizga to‘pni qabul qilib olib, hujum boshlaydigan futbolchi kerak edi. Ikkinchi goldan keyin sinib qoldik. Tavakkal qilib Anvar Soliyevni maydonga tushirdik. 

Oylik maoshlarimizni anchadan beri olmayapmiz. Shuningdek, zaxira o‘rindig‘imiz judayam tor. Qisqa qilib aytganda, tarkibimizda raqobat yo‘q.

U yerda yosh futbolchilar o‘tirishibdi. Karimov, Maxaradzelarning diskvalifikatsiyalari bor. Yana bir qancha jarohatlar. Iskanderov mana endi maydonga tushdi. Sharoit bo‘lganida yangi futbolchilarni o‘z safimizga qo‘shib olgan bo‘lardik.

Endi “Lokomotiv” bilan oradagi ochkolar soni bittani tashkil etmoqda. Mavsumning qolgan qismi qiziqarli o‘tadi, deb o‘ylayman, - deydi No‘'mon Hasanov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish